Filippinning janubidagi maktablardan birida otishma sodir bo‘lib, kamida bir kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Hodisa juma kuni tushdan keyin Mindanao hududidagi Janubiy Kotabato provinsiyasining Banga shahrida joylashgan Banga National High School’da yuz bergan.
Qurbonlar soni bo‘yicha ma’lumotlar farq qilmoqda
Mahalliy rasmiylar va OAV hodisa oqibatlari bo‘yicha turlicha raqamlarni keltirmoqda.
Janubiy Kotabato gubernatori Reynaldo Tamayo bir kishi halok bo‘lganini va yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan. Otishmani sodir etgan shaxs va jabrlanganlarning kimligi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Filippin Ta’lim departamenti voqeadan jiddiy tashvishda ekanini bildirib, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab xodimlari xavfsizligi...