BMT Inson huquqlari kengashi topshirig‘i bilan ishlayotgan Eron bo‘yicha mustaqil xalqaro faktlarni aniqlash missiyasi AQShning Erondagi ikki havo zarbasida harbiy jinoyatlar sodir etilgan deb hisoblash uchun «asosli dalillar» borligini ma’lum qildi.
Minabdagi maktab zarba ostida qolgan
Missiya hisobotiga ko‘ra, AQSh kuchlari Minabdagi Shajareh Tayyebeh boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba uchun javobgar bo‘lishi mumkin. Eron rasmiylari hujum oqibatida 150 dan ortiq odamlar, jumladan, qariyb 120 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lganini bildirgan.
BMT ekspertlari maktab fuqarolik obyekti bo‘lganini va undan harbiy maqsadlarda foydalanilganini tasdiqlovchi dalillar topilmaganini qayd etdi. Missiya zarbani «tanlamasdan amalga oshirilgan» deb baholab, uning fuqarolar o‘limi va fuqarolik infratuzilmasiga...