Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp va Amerika xalqiga ikkita an’anaviy o‘zbek ayvonini tuhfa qildi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Ular Vashingtondagi West Potomac Park hududida o‘zbekistonlik ustalar tomonidan o‘rnatilmoqda.
Unga ko‘ra, ayvonlar AQShda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Amerika Qahramonlari milliy bog‘i hududidan joy oladi.
Ayvonlarni o‘zbekistonlik hunarmandlar o‘rnatmoqda
AQSh Ichki ishlar departamenti vakili Keti Martin Mirziyoyevning sovg‘asini Donald Tramp Amerika xalqi nomidan qabul qilganini ma’lum qilgan. Tashrif buyuruvchilar ayvonlarni kuz faslining oxiridan boshlab ko‘rishi mumkinligi aytilmoqda.
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov keyinchalik gap ikkita ayvon haqida ketayotganini tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, inshootlarni yig‘ish...