Oktabr oyida Oʻzbekistonda bank depozitlari boʻyicha foiz stavkalari yana oshib, milliy valyutadagi depozitlardan olingan daromad 19,7 foizni tashkil etdi. Bu sentabr oyiga nisbatan 0,5 foizga ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Unga koʻra, bir yilgacha boʻlgan depozitlar uchun stavka sentabr oyiga nisbatan 0,9 foizga oshib, 17,9 foizga koʻtarildi va oʻtgan yilning mazkur davridagi natijani qayd etdi. Bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan depozitlar uchun foiz stavkalarining oʻsishi 0,1 foiz boʻlib, 20,6 foizni tashkil qildi.
Jismoniy shaxslar uchun depozitlar daromadligi 22,1 foizga yetib, iyul oyidagi natijani takrorladi. Qisqa muddatli depozitlar uchun stavka 20,9 foiz (-0,1 foiz) boʻlsa, uzoq muddatli depozitlar...