O‘zbekistonda oltita davlat kompaniyasidan eksklyuziv huquqlarning bir qismi bekor qilinadi. Mazkur chora mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishini tezlashtirishga qaratilgan.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab «Oʻzmetkombinat» AJning respublika hududida qora metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) huquqi, «Oʻzikkilamchiranglimetall» AJning respublika hududida rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash va eksport qilish huquqi hamda «Oʻztreyd» AJning konsignatsiya shartlarida oziq-ovqat uni va bugʻdoyni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklari mahsulotlarini bank kafolatlari yoki siyosiy va tijorat xavflaridan eksport shartnomalarini sugʻurtalash polislarini taqdim etmasdan eksport qilinadigan mahsulotlarni savdo uylari manzillariga tushirish huquqi...