Umo 5 elektromobilining rasmiy savdosi 2026-yil aprel oyida start oladi. Bu haqda «Tarantas Nyus» nashri xabar bermoqda. Modelning boshlang‘ich narxi 2,5 mln rubl ($32 ming) etib belgilangan.
Yangi Umo 5 shaharda foydalanish va taksi parklariga mo‘ljallangan elektro krossover sifatida taqdim qilinmoqda. Avtomobil 200 ot kuchidan ortiq quvvatga ega elektr motor bilan jihozlangan. U 0 dan 100 km/soat tezlikka 8,5 soniyada chiqadi.
Elektromobilning yurish zaxirasi 420 kmni tashkil etadi. Tezkor quvvatlash orqali batareyani 30 daqiqada 80 foizgacha to‘ldirish mumkin.
Umo 5 uzunligi 4 535 mm, g‘ildirak bazasi 2 750 mmga teng. Bagaj hajmi 405 litrdan 1 200 litrgacha o‘zgaradi. Yo‘l...