Samsung yaqinda chiqarilishi kutilayotgan yangi Galaxy Buds 4 va Buds 4 Pro simsiz quloqchinlari rasmiy tasvirlari e’lon qilindi. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi.
Dizayn va ranglar
Jumladan, Buds 4 qora rangda, Buds 4 Pro esa oq rangda taqdim etiladi. Ikkala model uchun ham shaffof qopqoqli case mavjud bo‘lib, u quloqchinlarni qulay va ixcham saqlash imkonini beradi. Case’larning shakli to‘rtburchak bo‘lib, quloqchinlarga mustahkam yopishadi va tashish uchun qulay.
Quloqchinlarning o‘zida esa dizayn yangilangan: naushniklarning oyoq qismi yupqa va tekis qilib ishlangan, Buds 4 Pro avvalgi avlodlardagi Blade Lights yorug‘lik tizimidan voz kechgan. Oldingi modellarda kuzatilgan texnik muammolar, jumladan...