2024-yilda O‘zbekiston «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 148-o‘rinni egalladi. Hammasi bo‘lib ro‘yxatga 180 ta davlat kiritilgan.
O‘tgan yildan buyon davlat reytingda 11 pog‘onaga tushib ketdi. Ma’lumotlarga koʻra, yil boshidan buyon mamlakatda toʻrt nafar jurnalist hibsga olingan.
«2016-yilda prezident Islom Karimov vafotidan so‘ng ommaviy axborot vositalaridagi vaziyat biroz yaxshilandi, biroq davlat rasmiylarini tanqid qilish juda qiyin», deyiladi hisobotda.
Hisobotda aytilishicha, mamlakatda haligacha xususiy telekanal mavjud emas. Davlat radiosi «rasmiy targ‘ibot-tashviqot tarqatadi, xususiy radiostansiyalar esa yopilib qolishdan qo‘rqib, har qanday tanqiddan o‘zlarini tiyadi». Bosma matbuot ham davlat manfaatlari yo‘lida ishlaydi.
«Ba’zilari xorijda joylashgan 15 ga yaqin onlayn OAV sifatli...