Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi tijorat ko‘chmas mulki sohasida, xususan, davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha faollikka olib keldi, bu haqda Colliers konsalting kompaniyasi sharh tayyorladi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk tasnifi MDHdagi asosiy tasnifdan farq qilmaydi – bular ofis, mehmonxona va tijorat ko‘chmas mulklari, shuningdek, omborlardir.
Bugungi kunda ko‘chmas mulk bozorida davlat aktivlarini xususiylashtirish ko‘paymoqda, masalan, ko‘chmas mulk, aksiyalar, unitar korxonalar, davlat muassasalari.
Bu jarayon Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tartibga solinadi. U baholash kompaniyalari yordamida mulkning boshlang‘ich qiymatini belgilaydi va «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlaydi.
Biroq, ayrim hollarda, davlat organlari baholash hisobotining to‘g‘riligini tekshirishlari mumkin. Agar baholash xalqaro miqyosda tan...