Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Ichki ishlar vazirligi (IIV) bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Rossiya va Qozogʻistondan respublikaga olib kirilgan 19,7 kilogramm sintetik giyohvandlik moddalarni musodara qilishdi, deb xabar bermoqda DXX.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida xonadonni tekshirish chog‘ida 4,8 kg «Mefedron», salkam 3,3 kg «Spays» va 2,13 kg «Alfa-PVP» aniqlandi.
«Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar mamlakatimizga bojxona nazoratini chetlab oʻtgan holda Qozogʻiston Respublikasidan olib kelingan va kelgusida ularni kichik boʻlaklarga boʻlgan holda, internet tarmogʻi orqali sotish rejalashtirilgan», deyiladi xabarda.
Yana bir holatda, Rossiyadan keltirilgan giyohvandlik moddalari uchta avtomobil ehtiyot qismi (kardan vali) ichiga yashirilgan...