Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari poraxoʻr mansabdor shaxslarga qarshi reydlar oʻtkazdi.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olingan.
U mahalliy farmatsevtika korxonasiga korxona tomonidan 2,1 milliard so‘mni o‘zlashtirgani bo‘yicha ekspertiza natijalarini bekor qilishga va’da bergan. Buning uchun amaldor 30 ming dollar pora talab qilgan.
Hukumat xodimi 22,5 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u avvalroq 7,5 ming dollar olgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilgan reyd davomida O‘zbekiston shaharsozlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimi 20 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Andijonlik tadbirkorga...