2024-yil 2-oktabr kunida Toshkentda axborot texnologiyalari sohasida bepul ta’limni taklif qiluvchi School 21 kampusi ish boshladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga ta’lim muassasasi xabar berdi.
Bu O‘zbekistondagi maktabning ikkinchi kampusi bo‘lib, u taxminan 8100 kvadrat metr maydonni egallaydi va mamlakatning tarixiy shaharlari nomi bilan atalgan klasterlarni o‘z ichiga oladi. Interyer an’anaviy naqshlar va zamonaviy geometrik shakllarni birlashtiradi.
School 21 ijrochi direktori Zarina Luxmanovaning so‘zlariga ko‘ra, yangi kampusning ochilishi O‘zbekiston IT infratuzilmasini rivojlantirish uchun muhim qadamdir. Ayni paytda 10 000 dan ortiq arizachilardan 710 nafari allaqachon ta’lim olmoqda. Talabalarning o‘rtacha yoshi – 24 yoshni tashkil qiladi. Eng yoshi kattasi o‘quvchi 49 yoshda...