AQSh ikki davlat oʻrtasidagi kelishuv doirasida Panamaga turli millatga mansub 119 nafar muhojirni joʻnatgan. Bu haqda Panama prezidenti Xose Raul Mulino ma’lum qildi.
Deportatsiya qilinganlarni olib ketayotgan birinchi samolyot chorshanba kuni yetib keldi. Yoʻlovchilar orasida Afgʻoniston, Xitoy, Hindiston, Eron, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka, Turkiya, Oʻzbekiston va Vyetnam fuqarolari bor. Yaqin kelajakda yana ikkita reys amalga oshirilishi kutilmoqda. Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlar Panamaga 360 kishini jo‘natmoqchi.
Uyga qaytishdan oldin muhojirlar Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy migratsiyaning mashhur yo‘nalishi bo‘lgan Darien o‘rmoni yaqinidagi boshpanaga joylashtiriladi.
Mulino avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan ko‘proq muhojirlarni deportatsiya qilish imkoniyatini muhokama qilgan edi. Panama va AQSh...