Yangi iPhone SE 4 smartfoni haqidagi ilk jonli tasvirlar internetda paydo bo‘ldi. Majin Bu taxallusi ostidagi insayder ushbu modelning qadoqlangan va qo‘lda tutilgan yuqori sifatli suratlarini e’lon qildi.
Insayderning oldingi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi iPhone SE 2025-yili 6,06 dyuymli displey bilan jihozlanadi. Bu uning oldingi versiyasidan ancha katta ekanligini anglatadi. 2020-yilgi iPhone SE 4,7 dyuymli ekran bilan chiqqan edi. Shuningdek, iPhone SE 4 60 Gs chastotali OLED-displey, old panelda dizayn va yangi harakat tugmachasi bilan taqdim etiladi.
Bloomberg jurnalisti Mark Gurman avval Apple iPhone SE’ning yangi versiyasini shu hafta namoyish etishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi. Biroq taqdimot noma’lum sabablarga...