2025-yil 16-may kuni Realme kompaniyasining RMX5062 model raqamiga ega yangi smartfoni Xitoyning 3C sertifikatidan o‘tdi. Smartfon Realme Neo7 Turbo deb nomlanishi mumkin. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Ushbu qurilma 100 vattli tez quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi. Mutaxassislar bu modelni Realme Neo7 Turbo deb taxmin qilishmoqda.
Avvalroq Realme kompaniyasi Neo7 Turbo modelini bu oyda taqdim etiladigan eng kuchli Neo deb e’lon qilgan edi. Kompaniyaning vitse-prezidenti Syuy Qi yangi qurilmani sinfiga qaraganda kuchliroq ishlashi va ilgari ko‘rilmagan dizayn bilan ta’riflagan.
Realme Neo seriyasi ilgari Neo7, Neo7x va Neo7 SE kabi modellari bilan tanilgan. Yangi Neo7 Turbo modeli esa...