Oʻzbekiston korxonalari gaz qazib olishni qisqartirmoqda. 2024-yil yanvar oyida deyarli 4 mlrd kub metrgacha pasaydi. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, bu 2023-yilning ayni davriga nisbatan 7,4 foizga kamdir.
Respublikada gaz kondensati ishlab chiqarish 109,4 ming tonnadan 111,7 ming tonnagacha oshdi. Koʻmir qazib olish qariyb 14 foizga, yaʼni 357,8 tonnaga kamaygan boʻlsa, neft qazib olish 6,3 foiz — 60,5 ming tonnaga qisqardi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda gaz qazib olish 9,4 foizga kamayib, 46 milliard kub metrni tashkil qilgan endi. Gaz kondensatini ishlab chiqarish esa 8,3 foizga, yaʼni 1,1 mln tonnaga kamaygan.
Joriy yilning fevral oyidan Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov Toshkent va...