Pokiston harbiylari Erondagi «Balujiston ozodlik armiyasi» harbiylashtirilgan tashkiloti pozitsiyalariga hujum qildi. Ushbu tashkilot a’zolari o’zlarini sarmacharlar deb atashadi. Ular kimlar, nima uchun kurashmoqda va nega ikki davlat o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlangan? «Kursiv» shu savollarga javob beradi.
Sarmacharlar – boluj xalqi vakillari. Ular Pokiston, Eron va Afg‘oniston tarkibiga kiruvchi hududda mustaqil davlat yaratish uchun kurashishmoqda.
Eronda ham, Pokistonda ham Baluj xalqi zulm va diskriminatsiyaga uchragan. Eronda mojaro diniy xarakterga ega. Balujlar asosan sunniylar, mamlakatdagi rasmiy din islom shia yo‘nalishida.
Pokistonda Balujiston viloyati mamlakat hududining 44%ni egallaydi. Bu mis, oltin, neft va tabiiy gazning yirik konlariga qaramay, eng qashshoq va eng sekin...