Rossiyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi AvtoVAZ Lada Niva Legend modeli uchun transport vositasi turini tasdiqlash hujjati (OTTS) muddatini 2029-yilgacha uzaytirdi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.
Rosstandart bazasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi sertifikat 16-fevraldan kuchga kirgan va yana uch yil davomida modelni ishlab chiqarish hamda sotish imkonini beradi.
Shu tariqa uzoq yillardan buyon ishlab chiqarilayotgan klassik yo‘ltanlamas hali kamida 2029-yilgacha konveyerdan tushishda davom etadi.
2026-yilda yangilanishlar kutilmoqda
Kompaniya 2026-yilda Niva Legend yangilangan dvigatel va LED faralar bilan jihozlanishini ma’lum qildi. Hozircha yangi motor OTTS hujjatida ko‘rsatilmagan – u majburiy sinovlardan o‘tgach, hujjatga qo‘shimcha kiritiladi.
Narx borasida yo‘nalish sifatida...