16-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 23 foizni tashkil qildi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,4 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,7 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:
«Ipoteka bank» – 17%; «Infinbank» – 18,1%; «Garant bank» – 19,9%; «Apex bank» – 21,6%; «Davr bank» – 22%.Eng yuqori avtokredit stavkasi:
«Madad Invest bank» – 28,5%; «Trast bank...