Avvalroq Ramazonda ehtiyojmand aholiga 1 trillion so‘mdan ortiq yordam puli ajratilishi haqida yozgandik. Bu bo‘yicha prezident qarori tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, quyidagi turlardagi shaxslarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam beriladi:
ijtimoiy reyestrdagi «davlat ta’minotidagi oila» toifasidagi oilalarga; o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolarga; yetim va ota-ona qarovidan mahrum bolalar yashayotgan oilalarga.Shu bilan birga, ijtimoiy reyestrdagi «kambag‘al oila» toifasidagi va «mahalla yettiligi» tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalarga 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Qaror bilan ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming bemor a’zosining davolanishi va jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq...