Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarorlari qabul qilindi, unga koʻra:
Zakot
Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40.000.000 (qirq million) soʻm etib belgilandi.
Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.
Fitr
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
bugʻdoydan – 14 000 (oʻn toʻrt ming) soʻm;
arpadan – 20 000 (yigirma ming) soʻm;
mayizdan – 110 000 (bir yuz...