Forbes Middle East nashrining 2024 yilgi «30 Under 30» reytingida Yaqin Sharq va Shimoliy afrikalik 30-yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar orasidan o‘zbekistonlik tadbirkorlar Alisher Akbarov va Amal Abdullayev ham joy oldi.
Mazkur reyting yosh yetakchilarning yutuqlarini tan olish, ularning innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa startaplar uchun ilhom manbasi bo‘lishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa mintaqaviy iqtisodiyot rivojiga yordam beradi.
26 yoshli o‘zbekistonlik Alisher Akbarov va Amal Abdullayev BAAda joylashgan Comfi platformasining asoschilaridan hisoblanadi. Ushbu «B2B» platforma kichik va o‘rta bizneslar uchun to‘lov va kreditlash xizmatlarini taklif qiladi. Kompaniya Abu-Dabidagi xususiy oilaviy ofisdan $5 mln qarz mablag‘ jalb qilgan va Sanabil...