To‘lov intizomi buzilgani sababli prezident tanqidiga uchragan «Malika» savdo majmuasida soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
27-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda «Malika» savdo kompleksidagi to‘lov intizomi ayanchli ahvolda ekani qayd etilgan.
«Kompleksda 1,5 mingga yaqin tadbirkorlar faoliyat yuritsa-da, ularning faqat to‘rtdan biri ro‘yxatdan o‘tgan, 25 foizi oyiga 1 mln so‘m ham soliq to‘lamayapti. Shuningdek, dekabr oyida plastik kartalar orqali yechib olingan 600 mlrd so‘mlik savdo tushumi yashirilgan», – degan edi davlat rahbari.
Tekshiruv...