Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi Rossiya havo hududidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sabab Moskva va Turkiya o‘rtasidagi kamida bir nechta reyslarni bekor qildi. Bu haqda Nexta Live Telegram kanalida xabar qilindi.
Qaror Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya osmoni xavfsizligi bo‘yicha aviakompaniyalarga qilgan ogohlantirishidan bir kun o‘tib qabul qilingan.
Bodrum — Moskva reysi ham bekor bo‘ldi
2-sentabrga o‘tar kechasi Bodrumdan Moskvaga uchishi kerak bo‘lgan Pegasusning PC1456 reysi bekor qilingan. Yo‘lovchilarga aviakompaniya tomonidan parvozlar «havo hududidagi vaziyat» sabab to‘xtatilgani ma’lum qilingan.
Vnukovo aeroporti tablosida Pegasusning Moskvadan Istanbulga ikkita, Bodrum va Dalmanga bittadan reysi ham bekor qilingani ko‘rsatilgan.