Chevrolet kompaniyasi 2026-yilgi NASCAR Cup Series mavsumida ishtirok etadigan Camaro ZL1 poyga avtomobili yangilangan dizaynda taqdim etilishini rasman e’lon qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Yangilangan modelning ilk rasmiy chiqishi 2026-yil fevral oyidagi Cook Out Clash at Bowman Gray musobaqasida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, avtomobil tashqi qiyofasidagi o‘zgarishlar Chevrolet tomonidan yaqinda ishlab chiqarilayotgan Camaro ZL1 Carbon Performance Package aksessuarlar to‘plamiga moslashtirilgan. Ushbu to‘plam oltinchi avlod Camaro ZL1 seriyali avtomobillarining aerodinamikasini va yo‘ldagi unumdorligini oshirishga qaratilgan. Dizayn yangilanishlari NASCAR va jamoalar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.
Camaro ZL1 poyga avtomobilining asosiy o‘zgarishlari kattaroq kuchli havo yo‘naltiruvchi qopqoq (power dome...