7-avgust kuni yozgi Olimpiya o‘yinlari qizg‘in pallaga kirdi. «Kursiv» bugungi medallar jadavalini tayyorladi.
Toshkent vaqti bilan soat 13:51 holatiga ko‘ra AQSh vakillari peshqadam, ikkinchi o‘rinda Xitoy terma jamoasi. Uchinchi o‘rinda esa o‘zgarish bo‘ldi, Avstraliya Fransiya bilan joy almashdi.
Hozirga qadar kechagi kunga nisbatan O‘zbekiston vakillari yana besh pog‘ona pastladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni Olimpiya o‘yinlarida oʻzbekistonliklar qaysi sport turlarida ishtirok etishini e’lon qilgan edi.