2024-yilda O‘zbekistonda 925 ming yigit-qizni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilingan yig‘ilishda shunday maqsadlar aytildi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.
Yig‘ilishda Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va boshqalar ishtirok etdi.
«Mutasaddilar yangi sanoat loyihalarida 100 ming, xizmatlar sohasida 150 ming, ish o‘rinlarini legallashitirish va o‘zini o‘zi band qilish orqali 200 ming nafar yigit-qiz bandligini ta’minlash»-deyiladi xabarda.
Respublikada biznesni ham o‘rgatishmoqchi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlarga beriladi...