O‘zbekistonda mahalliy IT-kompaniyalarning jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashuvchi Local to Global loyihasi amalga oshirish boshlanadi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
Loyihaga ko‘ra, IT-kompaniyalar faoliyatini tashqi bozorlarga kengaytirish xarajatlarining 50 foizigacha qoplanadi. Gap xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish va xorijliklarni ishlashga taklif qilish haqida bormoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimiz hududlariga Zero Risk IT-eksportchi tashkilotlarni jalb qilish dasturini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ularga bir yilgacha foydalanilmayotgan davlat obyektlari, texnika va jihozlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda IT-park faoliyat ko‘rsatadi. Uning rezidentlari soni 1,7 ming nafarga yetdi, bu korxonalarda 26 ming xodim ishlaydi. 2030-yilga borib IT-park negizida faoliyat yurituvchi kompaniyalar soni oʻn barobar oshishi...