Iyul oyida O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berishda majburiy cheklovlar joriy etildi – 175 million kVt/soat. Taqqoslash uchun, iyun oyida bu ko‘rsatkich besh baravar kam – 34,8 million kVt/soatni tashkil etdi, deya xabar beradi Energetika vazirligi.
Umuman, yozgi mavsumga o‘tgandan beri 210 million kVt/soatga cheklovlar joriy etilgan.
«Soʻnggi kunlarda mamlakatimiz yoqilgʻi-energetika sohasida murakkab vaziyat yuzaga keldi. Xususan, deyarli barcha hudud boʻylab kunning maʼlum bir vaqtida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi», — deyiladi xabarda.
Departamentning taʼkidlashicha, tizimni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni xavfsiz olib borish uchun elektr oʻchirilishi sodir boʻlmoqda.
Bugungi kunga qadar Toshkent shahrida 542 ta podstansiya, 592,36 km elektr tarmoqlari...