QIWI Uzbekistan ilovasi 18-dekabr kuni ishlamay qoladi. Xizmatlar endi bitta QIWI ilovasida mavjud bo‘ladi. Rubl yoki tengeda yangi hamyon yaratish uchun faqat o‘zbek telefon raqami kerak bo‘ladi.
Kompaniya 18-dekabrgacha Uzcard va HUMO kartalariga pul yechib olishga yoki xizmatlar uchun haq to‘lab sarflashga chaqirdi.
16-noyabrdan boshlab hamyon balansida pulni saqlash uchun har kuni 75 ming so‘m komissiya olinadi.
«Bu zaruriy chora, chunki QIWI Uzbekistan ilovasi yopilyapti va biz mijozlarimizning pullarini ushlab tura olmaymiz. Iltimos, pullaringizni tezroq chiqarib oling! 18 dekabrdan keyin hamyoningiz balansidan pul yechib olish uchun ariza yozishingiz kerak bo’ladi. Shuning uchun pulingizni imkon qadar...