O‘zbekistonda davlat banklarini xususiylashtirish kechroq muddatga qoldirilishi mumkin. Ushbu prognoz haqida Fitch Ratings kompaniyasining moliya institutlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Pavel Kaptel Toshkentdagi konferensiya davomida gapirdi.
Reyting agentligi eksperti mamlakatda bank tizimini isloh qilish rejalariga e’tibor qaratdi. Maqsadlardan biri qator davlat banklarini sotish bo‘lib, u YeTTB, XMK va OTB kabi yetakchi xalqaro rivojlanish institutlari bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Ular texnik yordam, konsalting xizmatlarini ko’rsatadilar va keyinchalik strategik investorga sotish maqsadida xususiylashtirilgan davlat banklarining minoritar aksiyadorlari bo‘lishlari mumkin.
«Ammo islohot faqat bu bilan bogʻliq emas. Korporativ boshqaruv tartib-qoidalari va banklar sotilishi, balki davlat mulkida qoladigan risklarni...