AQShning Kolorado shtati Oliy sudi siyosatchi Donald Trampni 2024-yilga belgilangan AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni taqiqlash bo‘yicha «ajoyib va misli ko‘rilmagan qaror» qabul qildi, deb yozadi CNN portali.
Sudyalar Amerika Konstitutsiyasiga 14-tuzatishni qo’llashdi. Unda isyonda ishtirok etgan nomzodlarning saylovda ishtirok etishi taqiqlanadi. Koloradodagi sudyalar 2021-yil 6-yanvarda bo‘lgan voqealari hisobga olishdi, Tramp tarafdorlari siyosatchining saylovdagi mag‘lubiyatiga rozi bo‘lmagan holda Kapitoliyga bostirib kirishga harakat qilgan.
Sud qarori darhol kuchga kirmaydi, u 2024-yil 4 yanvargacha qoldirildi. Bu Trampga AQSh Oliy sudiga murojaat qilish imkonini beradi.
Jurnalistlarning qayd etishicha, taqiq faqat Koloradoga taalluqlidir, biroq sud qarori tarixiy ahamiyatga ega va kelgusi yilgi butun...