Xarid qilingan ashyolar muzeylarda namoyish etiladi
O‘zbekistonda aholidan madaniy boyliklarni sotib olish jarayoni raqamlashtirildi. Tegishli veb-sayt (milliyboylik.uz) ishga tushirildi.
Uning yordami bilan madaniy boylik egasi O‘zbekiston Madaniy meros agentligiga murojaat qilishi mumkin. Shundan so‘ng sotuvchining mutasaddi va mutaxassislar bilan uchrashuvi tashkil etiladi, asar badiiy kengash ko‘rib chiqishi uchun olib qo‘yiladi. Bosqich bir oy davom etadi, natijada xarid to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Sanʼat buyumlari mamlakat muzeylariga oʻtkazish uchun davlat tomonidan sotib olinadi. Sobiq egasi ish uchun to’lovni darhol olmaydi: 15% unga oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan so’ng, qolgani – qiymat ekspozitsiyaga kiritilgandan keyin beriladi.
Sayt maʼlumotlariga koʻra, hozirga qadar hokimiyatga art-obyektni...