Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra oltin quymasi narxlari oshib bormoqda.
22-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda besh grammlik oltin quymasini 3,9 million so‘mga xarid qilish mumkin edi. 10 gramm uchun 7,83 million, 20 gramm uchun 15,66 million, 50 gramm uchun esa 39,16 million to‘lash kerak bo‘lgan. Sakkiz oy ichida metall mos ravishda 0,42 million, 0,85 million, 1,7 million va 4,23 millionga qimmatlashgan. «Kursiv» bu haqida yozgan edi.
Bugungi kundagi narx esa 5 gr uchun 4 milliondan, 10 gr uchun 8 milliondan, 20 gr uchun 16 milliondan va 50 gr uchun esa 40 milliondan ziyod ekanini ko’rishimiz mumkin...