Taʼlim kreditini olishning ham o‘z tartib-qoidalari bor. Ushbu imtiyozli kreditni olish uchun qanday talablar mavjud? Qaysi banklar tomonidan beriladi? «Kursiv» bu savollarga javob oldi.
Talabalar qaysi tartiblarga asosan imtiyozli taʼlim kreditlarini olishlari mumkin?
Imtiyozli taʼlim kreditlari Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 avgustdagi 527-sonli qaroriga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlarini Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi resurslari hisobidan 12 ta tijorat banki tomonidan ajratiladi.
Ular: Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Milliy bank, Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka bank, Qishloq qurilish bank, Aloqabank, Turonbank, Hamkorbank, Oriyent finans bank.
Xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun taʼlim kreditlari...