Rossiya va Oʻzbekiston kelgusi yilda Oʻzbekiston Respublikasida Strategik rivojlanish markazini ishga tushirish boʻyicha kelishib olishga hozirlik koʻrmoqda, dedi Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari Dmitriy Volvach har ikki davlat ikki tomonlama ishbilarmonlar kengashlarining qoʻshma majlisida. Markazda tadbirkorlikning ilg‘or tajribalari joriy etiladi.
Uning soʻzlariga koʻra, Markaz kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun ilgʻor investitsiya amaliyotlarini joriy etish boʻyicha loyiha ofisiga aylanishi koʻzda tutilgan. Bunday markazlar boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
«O‘ylaymanki, yaqin kelajakda, balki hukumatlararo komissiya doirasida biz kelgusi yilda ushbu markazni shakllantirish, qonuniy rasmiylashtirish va foydalanishga topshirish imkonini beradigan hujjatlar, memorandum imzolaymiz...