Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro shahrida «Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlash masalalari» yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan. Bunda:
– har bir viloyat bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt ko‘chatlari ekishi;
– barcha shaharlar atrofida «yashil belbog‘»lar tashkil qilish zarur.
Lekin ayrim rahbarlar bu ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani davlat rahbari tomonidan tanqid qilindi. Masalan, ko‘chatlar sug‘orish tizimi yo‘q hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud...