Afg‘oniston energetika va suv resurslari V.B. vaziri Abdul Latif Mansur O‘zbekistonning Qo‘shtepa kanali qurilishidan xavotirlari haqida gapirdi, deb xabar berdi TOLONews portali.
«Oʻz xavotirlarini bildirganlar kelishuv asosida shunday qilishlari kerak, biroq Afgʻonistonning bu yerda hech kim bilan suv boʻyicha kelishuvi yoʻq, bizda bu sohada hech qachon kelishuv boʻlmagan. Agar kelishuv buzilgan bo’lsa, biz o’z xavotirimizni bildiramiz. Hozirgi sharoitda Amudaryo havzasida hech kim bilan kelishuvimiz yo‘q», — dedi u.
Afg‘oniston vaziri, shuningdek, «Tolibon» harakati Amudaryo suvidan foydalanish masalasini muhokama qilishga tayyorligini aytdi.
Nashrning taʼkidlashicha, Mansurning bayonoti avvalroq Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kobulning Qoʻshtepa kanali qurilishi mintaqadagi suv balansini...