
Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölgandan söng mobil qurilmalar importiga bojxona boji stavkasi 0 foizga tuşiriladi. Bu haqda 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Bojxona qömitasi boşqarma boşliği Farhod Olimjonov ma’lum qildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Bojxona qömitasi vakilining aytişiça, JSTga a’zo böliş yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda Özbekiston boşqa davlatlar bilan tovarlar uçun boj stavkalarini kelişmoqda. Mobil qurilmalar böyiça import boji 0% miqdorida kelişilgan.
«Mobil qurilmalar stavkasini 0% miqdorda kelişganmiz. Ya’ni JSTga kiriş arafasida bu stavka nolga tuşadi», – dedi Farhod Olimjonov.
Biroq mobil qurilmalar uçun QQS saqlanib qoladi. Qömita vakillarining bahosiça, bojning bekor qilinişi telefonlarning yakuniy narxini taxminan 5 foizga pasaytirişi mumkin.
1-yanvardan ayrim bojxona tölovlari ham kamayadi
Bojxona qömitasi, şuningdek, jismoniy şaxslar tomonidan bojsiz olib kiriş me’yoridan ortiq olib kiriladigan tovarlar uçun yagona bojxona tölovi 2027-yil 1-yanvardan 30 foizdan 20 foizga tuşirilişini ma’lum qildi.
Bu tartib poçta va kuryerlik jönatmalari, aeroportlar hamda çegara postlari orqali olib kiriladigan tovarlarning belgilangan me’yordan ortiq qismiga taalluqli.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvi IMEI kodlarini tekşiriş va qurilmalarning qonuniy olib kirilganini tasdiqlaş bilan boğliq ayrim masalalarga aniqlik kiritilguniga qadar vaqtinça töxtatilgan edi.
11-noyabrdan mazkur çora bekor qilindi. Telefonlarni olib kiriş va rasmiylaştiriş odatdagi tartibda davom ettirilmoqda. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.