Avto

O‘zbekistonda qanday yangi avtomobillarni chegirma bilan xarid qilsa bo‘ladi

O‘zbekistonda qanday avtomobillarni chegirma bilan xarid qilsa bo‘ladi / Rasm Chatgpt yordamida yatailgan

2025-yil may oyida O‘zbekistonda avtomobil sotib olish, kreditlash va servis xizmatlari bo‘yicha bir qator yangi imkoniyatlar va chegirmalar joriy etildi. Ushbu maqolada avtomobil sotib olishni rejalashtirayotganlar uchun mavjud bo‘lgan asosiy chegirmalar va imtiyozlarni ko‘rib chiqamiz.

Bu maqola orqali quyidagilarni bilib olasiz:

Chevrolet modellariga chegirmalar

Rasm Chatgpt yordamida yaratilgan

UzAuto Motors Chevrolet Onix, Chevrolet Captiva, Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse avtomobillariga 15 mlndan 80 mln so‘mlik chegirma e’lon qilgan. Shuningdek Onix, Captiva, Malibu, Traverse va Tracker modellarini 15 foiz boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirib 36 oygacha 5,99 foiz kredit bilan rasmiylashtirish imkoni mavjud. Muddatli to‘lov yoki avtokredit rasmiylashtirishda chegirmasiz narx amal qiladi.

KIA avtomobillariga chegirmalar

Foto: KIA

KIA brendi «Kechki bozor» aksiyasi doirasida 20 foizgacha chegirmalarni e’lon qildi. Bu faqat 14 – 16-may kunlari amal qiladi. Xaridorlar kechki jadval asosida avtomobillarni oldindan band qilish imkoni bor.

Maxsus taklif shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida to‘lov to‘liq amalga oshirilgandagina amal qiladi. Komplektatsiyalar va avtomobillarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kia rasmiy dilerlik markazlarida aniqlashtiriladi.

BYD elektromobillariga chegirmalar

Foto: BYD

BYD kompaniyasi BYD SONG PLUS EV CHAMPION modeli uchun 14 mln so‘mlik chegirma e’lon qilgan. Bu modelni brendning rasmiy dilerlaridan 412,9 mln so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

Shuningdek, kompaniya Eskisini yangisiga alamshtirish, nasiya savdo kabi imkoniyatlarni ham taklif etadi.

Hyundai modellaridagi aksiyalar

Foto: Hyundai

O‘zbekistonda avtomobil bozorida ommalashib borayotgan Hyundai brendi ham Santa Fe avtomobili uchun 41 mln so‘mlik chegirmani taqdim etdi. Taklif cheklangan va 31-dekabrgacha amal qiladi.

Chery avtomobillaridagi chegirma va aksiyalar

Avtomobil sotib olishda qanday chegirmalar bor / Foto: Chery

Chery o‘z xaridorlariga kafolatlangan gaz ballon uskunalarini (GBU) ni taqdim etadi.

2025-yil mart oyidan boshlab LPG uskunasini o‘rnatish bo‘yicha yangi qoidalar va shartlar kuchga kiradi, bu uskunalar sertifikatlangan hamkor tomonidan o‘rnatilganda CHERY avtomobillariga kafolat to‘liq saqlanishini ta’minlaydi.

STAG gaz uskunalari o‘rnatilgan avtomobillar uchun kafolat shartlari

Kafolat sertifikatlangan CHERY markazlarida o’rnatish shartlariga muvofiq avtomobillar uchun amal qiladi va quyidagi modellarga taalluqlidir:

  • Arrizo 6 Pro.
  • Tiggo 7 Pro.
  • Tiggo 8 Pro.
  • Tiggo 7 Pro Max.
  • Tiggo 8 Pro Max.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobaltning qo‘shni davlatlardagi narxlari haqida maqola e’lon qilgan edi.