
Hyundai Creta krossoverining uchinchi avlodi ustida ishlar boshlangan. Yangi modelning taqdimoti 2027-yilda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Daily Motor xabar bermoqda.
Yangi Creta dizaynda yangilanishlar bilan birga texnik jihatdan ham o‘zgaradi. Eng katta yangilik – gibrid dvigatel bo‘lishi mumkinligi. Hozircha bu tizim haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Biroq u 1,5 litr hajmga ega benzinli motor, elektromotor va kichik akkumulyatordan iborat bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Yangi Creta bozorga Kia Seltos’ning gibrid versiyasi bilan raqobat qilishi kutilmoqda. Kia ham shunday yangilikni taqdim etishga tayyorlanmoqda.
Shu bilan birga, to‘liq elektrli Hyundai Creta Electric modeli ham 2027-yilda yangilanadi. U dizayndagi o‘zgarishlar, ko‘proq texnologiyalar va qulayliklar bilan ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hyundai uzoq masofaga yuruvchi Elexio elektromobilini arzon narxda sotuvga qo‘ygani haqida yozgan edi.