Changan Nevo Q06 avtomobili sotuvga chiqdi

23-sentabr 2026 20:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Changan Nevo Q06 avtomobili sotuvga chiqdi
Foto: Changan

Changan kompaniyasining yangi Changan Nevo Q06 krossoveri Xitoyda sotuvga chiqarildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Modelning boshlang‘ich narxi 139 ming yuan, ya’ni qariyb $20,9 mingni tashkil etadi. Avtomobil elektr (BEV) va kengaytirilgan yurish zaxirasiga ega gibrid (EREV) versiyalarida taklif qilinadi. Keyinchalik modelni xalqaro bozorlarga ham olib chiqish rejalashtirilgan.

Dizayn sobiq Volkswagen dizayneri tomonidan yaratilgan

Nevo Q06 dizayni Changan Automobile vitse-prezidenti, avval Volkswagen’da ishlagan Klaus Zyciora rahbarligida ishlab chiqilgan.

Foto: Changan

Krossoverning uzunligi 4 837 mm, kengligi 1 970 mm, balandligi 1 670 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2 940 mmga teng.

Model 20 dyuymli g‘ildiraklarga ega, aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti esa 0,27 Cdni tashkil etadi.

Salonida 15,6 dyuymli ekran bor

Avtomobil salonida 15,6 dyuymli markaziy sensorli ekran va D shaklidagi rul ortida kichik LCD asboblar paneli o‘rnatilgan.

Shuningdek, proyeksion displey, simsiz quvvatlash maydonchasi va rul ustuniga joylashtirilgan uzatma selektori mavjud.

Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, salon yuzalarining 90,6 foizi yumshoq materiallar bilan qoplangan. Atmosfera yoritqichining umumiy uzunligi 4 450 mmni tashkil etadi.

Foto: Changan

Ikkinchi qator o‘rindiqlarida massaj funksiyasi bor

Nevo Q06 salonidan foydalanish koeffitsiyenti 91,7% ekani aytilmoqda. Ikkinchi qator o‘rindiqlari 145 darajagacha elektr yordamida yotqiziladi va 28 nuqtali massaj funksiyasiga ega. Old o‘rindiqlarda esa «zero-gravity» rejimi mavjud.

Shuningdek, tomga o‘rnatilgan yig‘iladigan ekran va 9,5 litrli muzlatkich ham taklif qilinadi.

Bagaj hajmi 2 200 litrgacha oshadi

Krossoverning standart bagaj hajmi 782 litrni tashkil etadi.

Orqa o‘rindiqlar buklanganda bu ko‘rsatkich 2 200 litrgacha oshadi. To‘liq elektr versiyada kapot ostida qo‘shimcha 196 litrli yuk bo‘limi ham mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt avtomobilining narxi Qozog‘iston va O‘zbekistonda taqqoslangani haqida yozgan edi.

Shuningdek