
General Motors tarkibiga kiruvchi Buick brendi Buick Envision krossoveri uchun chegirma e’lon qildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.
Ayrim xaridorlar avtomobilni 60 oyga 0% yillik stavka bilan moliyalashtirishi va to‘lovlarni keyingi yilgacha boshlamasligi mumkin. Shuningdek, ayrim mijozlar uchun $1 750 miqdorida xarid chegirmasi taqdim etiladi.
60 oyga 0% stavka
Dastur shartlariga ko‘ra, 2026-yilgi Buick Envision’ni GM Financial orqali moliyalashtirgan xaridorlar 60 oy davomida 0% yillik stavkadan foydalanishi mumkin.
Bundan tashqari, dastlabki to‘lovlarni 122 kungacha kechiktirish imkoniyati mavjud. Pensilvaniya shtati aholisi ushbu imkoniyatdan foydalana olmaydi.

$1 750 miqdoridagi xarid chegirmasi esa 2012-yil yoki undan yangi boshqa brend avtomobiliga ega bo‘lgan yoki 2021-yil va undan yangi GM’ga tegishli bo‘lmagan avtomobilni lizingga olgan ayrim mijozlar uchun amal qiladi.
Lizing oyiga $299 dan boshlanadi
Buick Envision uchun hududiy lizing dasturlari ham taklif etilmoqda. Masalan, Envision Sport Touring versiyasini Mayami hududida 24 oyga oyiga $299 dan lizingga olish mumkin. Bunda shartnoma imzolash vaqtida $4 499 to‘lash talab qilinadi.

Envision Preferred uchun Nyu-Yorkda ham oyiga $299 lik taklif mavjud. Los-Anjeles hududida esa ushbu versiya oyiga $339 dan taklif qilinmoqda. Takliflar 2026-yil 30-sentabrgacha amal qiladi.
Buick Envision qancha turadi
2026-yilgi Buick Envision AQSh bozorida uchta komplektatsiyada sotiladi. Preferred versiyasining boshlang‘ich narxi $42 995, Sport Touring — $45 495, Avenir esa $52 695 ni tashkil etadi. Ushbu narxlarga $1 995 miqdoridagi yetkazib berish xarajati ham kiritilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Chevrolet Damas uchun aksiyani yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.