Bektemir Meliqöziyev jahon çempioni bilan jang qiladi

2-noyabr 2026 09:58 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Cris Esqueda / Golden Boy

Meksikalik boksçi, WBA yöna­lişi böyiça jahon çempioni Jeyme Mungiya navbatdagi jangini özbekistonlik Bektemir Meliqöziyevga qarşi ötkazadi. Bu haqda The Ring naşri xabar berdi.

Mungiya 31-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida rossiyalik Nikita Zonga qarşi ringga çiqdi. 12 raund davom etgan jangda meksikalik boksçi hakamlarning bir ovozdan çiqargan qarori bilan ğalaba qozonib, WBA çempionlik kamarini himoya qildi.

Jangdan keyin Mungiyadan keyingi raqibi kim bölişi haqida söraşdi.

«Köramiz, menimça, bu Meliqöziyev böladi. Keyingisi sensan, döstim!», – dedi meksikalik boksçi.

Boksçilar jang ötkazişga kelişib olgan

The Ring ma’lumotiga köra, Mungiya va Meliqöziyev jamoalari navbatdagi jangni ötkaziş böyiça kelişuvga erişgan. Biroq uçraşuvning aniq sanasi va manzili hozirça ma’lum qilinmagan.

Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sentabr oyida Mungiyaga çempionlik kamarini majburiy da’vogar Meliqöziyevga qarşi himoya qilişni buyurgan edi.

Biroq meksikalik boksçi rossiyalik Nikita Zon bilan jang ötkaziş uçun maxsus ruxsat oldi. Özbekistonlik boksçi bunga rozilik bildirdi va majburiy da’vogarlik maqomini saqlab qoldi.

WBA qaroriga köra, Mungiya Zon ustidan ğalaba qozonganidan söng navbatdagi jangini Meliqöziyevga qarşi ötkazişi kerak.

Boksçilarning statistikasi

Mungiya professional faoliyati davomida 49 ta jang ötkazib, 47 tasida ğalaba qozongan va ikki marta mağlub bölgan. Uning 35 ta ğalabasi nokaut bilan yakunlangan.

Meliqöziyev esa professional ringda 18 ta jang ötkazgan. Özbekistonlik boksçi 17-marta ğalaba qozongan, bir marta mağlubiyatga uçragan. Uning 11 ta ğalabasi nokaut bilan yakunlangan.

Ma’lumot uçun, Meliqöziyev sönggi jangini 2026-yil 21-fevral kuni Sena Agbekoga qarşi ötkazib, yettinçi raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozongan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bahodir Jalolov professional boksda 18-ğalabasiga erişgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek