Chery kompaniyasi yangi Chery Fulwin T11 avtomobili uchun oldindan buyurtmalarni 13-oktabrdan Xitoyda boshlashini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Narxlar hali ma’lum qilinmagan. Model zamonaviy dizaynga ega bo‘lib, ingichka LED faralar, ularni birlashtiruvchi chiroq chizig‘i va keng pastki bamperi bilan ajralib turadi. Avtomobil uzunligi 5150 mm, kengligi 1995 mm,…