2023- yilda UzAvtomotors avtokonserni o’zining yangi aksionerlariga dividendlarni to’lash uchun 28 mlrd so’m sarflaydi.
Fevralda bo’lib o’tgan IPO sababli mingdan ortiq o’zbekistonliklar zavod sheriklariga aylangan edilar. Endi kompaniya qog’ozlarini ikkilamchi savdo fond bozorida sotib olish mumkin. Kursiv kapital bozorida AJ qanday imkoniyatlari borligini aniqlashga kirishdi.
Kim aslida kim
2022- yil yakuniga ko’ra MDH davlatlari ichida avtomobil ishlab chiqarish reytingida UzAvtomotors birinchilikni egalladi.
Konveyerdan rekord hajmdagi 327.6 ming dona yengil mashinalar chiqdi. Taqqoslash uchun «AvtoVaz» huddi shu davr ichida 200 ming dona mashina ishlab chiqardi.
O’zbekistondagi kompaniya «Generel Motors» bilan hamkorlikda ishlaydi. Amerika avtogiganti bilan shartnoma royalty asosida amalga oshiriladi. Korxona...