Toshkentda portlagan ombor yonidagi avtoturargohda BYD rusumli avtomashinalar bo‘lgan. Ular hodisa vaqtida shikastlangan va utilizatsiya qilinadi, dedi kompaniya.
«Biz sizga ma’lum qilamizki, barcha shikastlangan avtomobillar qayta ishlashga yuboriladi, bu xavfsizlik va atrof-muhit nuqtai nazaridan muhim», – deyiladi BYD Telegram kanalida.
Avtokonserning qayd etishicha, hodisa avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berish muddatiga ta’sir qilmaydi.
BYD shuningdek, portlash holatlari o’rganilayotgani sababli «voqeaga elektr transport vositalarining ishtiroki» haqida ma’lumot tarqatmaslikni so’radi.
28-sentyabrga o‘tar kechasi Toshkentda kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Inter Logistics kompaniyasining ombori yonib ketdi.
Zarba to‘lqini ombor maydonining qarshisida turgan yuzlab ko‘p qavatli uylarning derazalarini urib...