O‘zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnik sohalarda hamkorlikni kengaytiradi. Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga tashrifi chogʻida Pokistonning Global sanoat va mudofaa yechimlari kompaniyasi bosh qarorgohida bo‘ldi.
Davlat rahbari u yerda Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni — Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Harbiy va harbiy-texnik sohalarda hamkorlikni kengaytirish, xavfsizlikka tahdid solayotgan muammolarga birgalikda qarshi kurashish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar mudofaa sanoati korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash, tajriba almashish va qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, transport va...