Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbar matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Mirziyoyev zavodda amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari va yangi yuqori texnologik boʻlinmalar faoliyati bilan tanishdi. Korxona negizida MDH va mintaqada yagona boʻlgan Airbus vertolyotlariga texnik xizmat koʻrsatish markazi ishga tushirilgani ma’lum qilindi.
Mazkur markaz «Airbus» kompaniyasi tomonidan rasmiy sertifikatsiyadan oʻtkazilgan boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari xalqaro standartlar va ishlab chiqaruvchi talablariga mos ekani tasdiqlangan. Bu yerda H-125, H-215 va H-130 rusumli vertolyotlar uchun servis va ta’mirlash ishlarining toʻliq majmuasi yoʻlga qoʻyilgan.
Markaz Oʻzbekistonni Airbus...