Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Janel Kushukova O‘zbekistonga go‘shtning 1 kgni $3 evaziga eksport qilingani haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Rasmiy vakil ushbu statistikani shubhali deb atab, buni texnik xato bilan izohlash mumkinligini ta’kidladi.
Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston Qozog‘istondan $189,9 mlnlik 66,1 ming tonna mol go‘shti va submahsulotlar sotib olgan. Bu har bir kilogramm uchun o‘rtacha $2,87 (35 ming so‘m) to‘g‘ri kelishini anglatadi. Ayni paytda Qozog‘iston ichki bozorida go‘sht narxi 32,1 foizga oshib, 109 ming so‘mni (4-4,5 ming tenge) tashkil qilmoqda.
Janel Kushukova statistikadagi bu raqamlarni mantiqsiz deb baholadi. Uning fikricha, ishlab chiqaruvchilar mahsulotni ichki bozorda 3-4 barobar...